J JHLS Kirish
Ta'lim muassasalari uchun

Liderlarni har doim tayyorlaydigan maktab

Lider maktab tasodifan bo'lmaydi — u o'z akademik holatini biladi. Tizim maktabingizning akademik holatini oydin qiladi: natijalar qayerda orqada qolayotgani, hujjatlar joyidami-yo'qmi. Hammasi tekshiruvdan oldin, sizning qo'lingizda.

Ma'lumot maktabda qoladi · O'qituvchi ismlari anonim · Har xulosa dalil bilan

Muammoni tekshiruv topsa — kech.

Tekshiruv yoki shikoyat kelganda emas — undan oldin bilish kerak.

Qo'lda hisob-kitob

Sifat ko'rsatkichlari qo'lda hisoblanadi — xatoga moyil va ko'p vaqt oladi.

Kech signal

Dastur orqada qolgani faqat chorak oxirida bilinadi — tuzatishga kech.

Noma'lum hujjat holati

Tekshiruv kelganda hujjat holati noma'lum — kamchilik joyida topiladi.

Maktab o'z holatini o'zi ko'radi

Bir tizimda — hisobot, nomuvofiqlik va dastur nazorati.

Akademik salomatlik hisoboti

Maktabning umumiy akademik holati — bir tugmada, tayyor hujjat ko'rinishida.

Baho nomuvofiqliklarini topadi

Kundalik baholar va nazorat ishlari o'rtasidagi mos kelmasliklarni avtomatik aniqlaydi.

Dastur bajarilishini kuzatadi

O'quv dasturi bajarilishini fan va sinf kesimida real vaqtda ko'rsatadi.

Zamena — Telegram orqali

O'rin almashtirish jadvalini ertalab 3 daqiqada tuzadi va Telegram orqali yuboradi.

Uch qadamda tayyor

Yangi tizim o'rnatish, o'qituvchilarni qayta o'qitish shart emas.

1

Jurnal eksportini yuklaysiz

Elektron jurnaldan odatiy eksport faylini yuklaysiz — qo'shimcha kiritish shart emas.

2

Tizim tahlil qiladi

Ko'rsatkichlar hisoblanadi, nomuvofiqlik va orqada qolgan mavzular aniqlanadi.

3

Hisobot va bayroqlarni olasiz

Har bir bayroq — dalil bilan. Qaysi jurnal, qaysi sana, qaysi ko'rsatkich.

Har xulosa manbaga qaytadi

Tizim shunchaki raqam bermaydi. Har bir bayroq va ko'rsatkich ortida aniq manba turadi — qaysi jurnal, qaysi sinf, qaysi sana. Metodika ochiq: qanday hisoblangani ko'rinadi.

  • Har bir bayroq dalil bilan izohlanadi
  • Hisoblash metodikasi ochiq va tekshiriladi
  • Hisobotni chop etib, tekshiruvga taqdim etsa bo'ladi

Hisobot namunasi

Haqiqiy skrinshot bu yerga qo'yiladi (anonim)

Nima uchun ishonish mumkin

Bu ayblov emas — himoya. Tizim o'qituvchini fosh qilmaydi; sizga muammoni tekshiruvdan oldin ko'rsatadi.

Ma'lumot maktabda qoladi

Ma'lumot uchinchi shaxsga berilmaydi. Nazorat maktab ichida.

O'qituvchi ismlari anonim

Hisobotda o'qituvchi ismlari kod bilan ko'rsatiladi — ayblov emas, tahlil.

Bayroq — "tekshirilsin", hukm emas

Bayroq "o'qituvchi yomon ishlayapti" demaydi — "bu joyni ko'rib chiqing" deydi. Qaror direktorniki.

Pilot dastur

Birinchi maktablar uchun bepul sinov

Tizim yangi. Birinchi bo'lib qo'shilgan maktablar bepul sinovdan o'tadi va tizimni o'z ehtiyojiga moslashtirishda ishtirok etadi.

  • Bir chorak bepul — to'liq funksiya bilan
  • O'rnatish va yo'naltirishda yordam
  • Majburiyat yo'q — sinovdan keyin qaror sizniki

Pilot dasturga qo'shiling

Formani to'ldiring — 1 ish kuni ichida bog'lanamiz.

yoki
Telegram orqali yozish

Ariza yuborish orqali siz bog'lanishga rozilik bildirasiz.